» » Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab imtihonlari onlayn namoyish etiladi

Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab imtihonlari onlayn namoyish etiladi


23-iyul, dushanba kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab 2018—2019-o‘quv yili uchun 5-sinfga qabul imtihonlari onlayn namoyish etiladi. Bu haqda maktab axborot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Ixtisoslashtirilgan maktab 2017-yilda faoliyatini boshlagan.

“O‘zko‘rgazmasavdo” binosida bo‘lib o‘tadigan 2018—2019-o‘quv yili uchun 5-sinfga qabul imtihonlari “Live.inha.uz” sahifasi va maktabning rasmiy Facebook sahifasi orqali onlayn namoyish etiladi.

“Live.inha.uz” sahifasi TAS-IX hududida joylashgan bo‘lib, video yuklashning yuqori tezligi ta’minlanadi.

Shu bilan birga maktab ma’muriyati imtihonlarning shaffofligini ta’minlash uchun ota-onalarni kuzatuvchi sifatida imtihon zaliga taklif etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-07-2018, 19:12)
0 (голосов: 2)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют