» » O‘zbekiston Oliy sudi yarim yil ichida quyi sudlarning 53 kishiga nisbatan hukmlarini bekor qildi

O‘zbekiston Oliy sudi yarim yil ichida quyi sudlarning 53 kishiga nisbatan hukmlarini bekor qildi


Joriy yilning birinchi yarim yilligida jinoiy ishlar bo‘yicha sudlar 26442 shaxsga nisbatan qo‘zg‘atilgan 20283 ishni ko‘rib chiqdi. Bu haqda “Gazeta.uz”ga O‘zbekiston Oliy sudi rasmiy vakili Aziz Obidov ma’lum qildi.

Bunda 375 kishi oqlandi yoki reabilitatsiya qilindi, aybdor deb topilganlar soni 19683 kishini tashkil qilib, ulardan 4828 nafariga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish jazosi, 13657 nafariga nisbatan esa boshqa turdagi jazo belgilandi, 1198 kishi shartli sudlandi.

1770 kishi ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlanishi munosabati bilan sud zalidan ozod qilindi, 15504 kishi muddatidan oldin va shartli jazo o‘tashdan ozod qilindi, 4791 kishiga belgilangan jazo yengillashtirildi, 4101 kishiga nisbatan asossiz belgilangan moddalar o‘zgartirildi.

Hisobot davrida 4634 kishi jinoiy javobgarlikdan ozod qilindi.

196,1 milliard so‘mdan ziyod miqdordagi moddiy zararni qoplab bergan 2226 kishiga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar belgilandi.

9032 jinoiy ish, ya’ni barcha ishlarning 45 foizi sayyor sud majlislarida ko‘rib chiqildi.

Bundan tashqari, Oliy sud kollegiyasi tomonidan nazorat tartibida 678 kishiga nisbatan 524 kish ko‘rib chiqildi. Quyi turuvchi sudlarning 53 shaxsga nisbatan hukmlari bekor qilindi, 266 kishiga o‘qilgan hukmlar o‘zgartirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-07-2018, 22:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 119) ( 0) ( 116) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют