» » Milliy bank Deutsche Bank bilan 500 mln yevro miqdoridagi kelishuv imzoladi

Milliy bank Deutsche Bank bilan 500 mln yevro miqdoridagi kelishuv imzoladi


Milliy bank Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida Deutsche Bank bilan 500 million yevro miqdorida investitsiya loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha bitim imzoladi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur bitim iqtisodiyotning energetika, transport, qishloq xo‘jaligi, tibbiyot, neft-kimyo, infratuzilma, metallurgiya, aviatsiya va boshqa turli sohalarida investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun kredit liniyalarini ajratishni nazarda tutadi.

Bitimning o‘ziga xosligi shundaki, turli davlatlar, jumladan, AQSh, Xitoy, Koreya, Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Italiya va Ispaniyadan uskunalar hamda texnologiyalar importi uchun uzoq muddatli moliyalashtirish taqdim etiladi.

Bundan oldin Milliy bank Germaniyaning boshqa yetakchi banklari, xususan, Commerzbank AG va AKA Bank bilan ham kelishuvlar imzolagandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-07-2018, 23:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют