» » “Rossiya 24” kanalida Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligi xodimasidan intervyu olishdi. U Putinning to‘ng‘ich qizi bo‘lishi mumkin (video)

“Rossiya 24” kanalida Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligi xodimasidan intervyu olishdi. U Putinning to‘ng‘ich qizi bo‘lishi mumkin (video)


18-iyul kuni “Rossiya 24” telekanalining xabarlar dasturida “Klyazmadagi ma’nolar hududi” forumi haqida syujet ko‘rsatildi, unda tibbiyot sohasidagi innovatsiyalar muhokama qilingan, deb yozadi TJournal. Jurnalistlarga bolalar endokrinologi, Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi Endokrinologiya milliy tibbiy tadqiqot markazi ilmiy xodimi Mariya Voronsova intervyu berdi. Bungacha u Rossiya telekanallari efirlarida hech qachon chiqmagan edi.

OAVlar Voronsovani Vladimir Putinning taxminiy to‘ng‘ich qizi deb atamoqda. U “Rossiya 24” muxbiriga raqamli tibbiyot istiqbollari haqida gapirib berdi.

Voronsovaning hayoti haqida ko‘p narsa ma’lum emas. Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, u 1985-yil 28-aprelda tug‘ilgan va bir necha marta familiyasini o‘zgartirgan.

The New Times axboroti bo‘yicha, qiz Moskva davlat universitetining fundamental tibbiyot fakultetida 2006-yildan 2011-yilgacha “Voronsova” familiyasi ostida tahsil olgan. Ushbu ism-sharifdan tashqari, Mariya Putina yana to‘rt xil familiyadagi hujjatlardan foydalangan.

Putinning to‘ng‘ich qizi gollandiyalik tadbirkor Yorrit Faassenga turmushga chiqib, uning familiyasiga o‘tgan. Faassen 2007-yilda “Gazprom”da biznesni rivojlantirish bo‘yicha direktor lavozimini egallagan, ammo keyinroq kompaniyani tark etib, konsalting sohasiga ishga o‘tgan edi (u yaqin vaqtgacha “MEF Audit” direktorlar kengashini boshqargan).

Eslatib o‘tamiz, 2015-yilda Putinning ikkinchi qizi — Katerina Tixonovaning Kirill Shamalov bilan to‘yi 2013-yilda bo‘lib o‘tgani haqida xabar berilgan edi.

Putin o‘z qizlari haqida xavfsizlik kabi nuqtai nazarlardan gapirib o‘tirmasligini ta’kidlagan. “Ular biznes va siyosat bilan shug‘ullanmaydi. Ular hech qayerga burnini suqmaydi”, — deydi Putin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-07-2018, 08:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют