» » Uralda yo‘qolgan Putinning bronza haykali go‘sht kombinati garajidan topildi

Uralda yo‘qolgan Putinning bronza haykali go‘sht kombinati garajidan topildi


Rossiyaning Ural mintaqasida joylashgan Chastoozerye qishlog‘ida “Vatanga xizmat qilish” kompozitsiyasi o‘rtasida turishi kerak bo‘lgan Vladimir Putinning bronza haykali mahalliy go‘sht kombinatining garajidan topildi. Bu haqda jurnalist Andrey Vipolzov Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.

“Ma’lumki, haykalni mafkuraviy nuqtai nazardan Chastoozerskiy maydoniga o‘rnatib o‘trishmadi, hozirda esa u go‘sht kombinati garajida zanjirga bog‘langan holda saqlanmoqda… Beton polda ikki metrli Putin turibdi, uning yonida esa mashinalar ta’mirlanmoqda”, — deb yozdi u. Jurnalist ilova qilgan suratda Putinga haykal qo‘yish g‘oyasi muallifi, Davlat dumasi deputati Aleksandr Iltyakov ham aks etgan.

2018-yil mayida ochilgan “Vatanga xizmat qilish” kompozitsiyasi tribuna va Rossiyaning bronza xaritasidan iborat. Dastlab tribuna ortida Putinning haykali turishi kerak edi, ammo bu g‘oyadan voz kechishga qaror qilishdi. Deputat Iltyakov o‘shanda prezident — kamtar inson ekanligi, “tilla but”ning o‘rnatilishi esa bunday haykallar urfga kirishiga olib kelishi mumkinligini aytgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-07-2018, 09:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют