» » Mega Invest Industrial: Bazalt armatura – qurilish sanoatida innovatsiya

Mega Invest Industrial: Bazalt armatura – qurilish sanoatida innovatsiya


O‘zbekistonda zamonaviy qurilish materiallarini ishlab chiqarish sohasida burilish yuz berdi. 2017-yilda Jizzaxdagi Mega Invest Industrial kompaniyasi zamonaviy qurilishda qimmatli innovatsion material hisoblangan armatura va kompozit to‘r tayyorlanadigan bazalt tola ishlab chiqaruvchi Bazalt zavodini ishga tushirdi.

Bazalt zavodining ikki yuzdan ortiq ishchisi 10 000 m.kv. maydonda ushbu innovatsion qurilish materialini ishlab chiqarmoqda. Shu yilning fevral oyidan boshlab hozirga qadar zavodda 720 tonna armatura ishlab chiqarildi. Korxonaning ishlab chiqarish quvvati yiliga 3 000 tonnadan ortiq bazalt tola ishlab chiqarish imkonini beradi, mahsulotning katta qismi armatura tayyorlashga yo‘naltiriladi.

Shu o‘rinda bazalt armatura nisbatan yangi mahsulot ekanini, biroq shunga qaramasdan jahonda innovatsion qurilishlarda faol qo‘llanayotganini ta’kidlash joiz. Ushbu mahsulot o‘zining noyob xususiyatlari tufayli tez orada qurilish sohasida o‘zining doimiy o‘rnini topishi shubhasiz.

Bazalt yoki kompozit armatura roving deb ataluvchi uzluksiz bazalt toladan foydalangan holda tayyorlanadi. U tashqi tomondan hech nimasi bilan po‘lat armaturadan farq qilmaydi – uzluksiz spiral qirradorlikka ega.

Bazalt armatura noyob texnik xarakteristikalari bilan farq qiladi. Masalan, u po‘lat armaturaga qaraganda 4 baravar yengil va shu bilan birga 3 baravar mustahkam hamdir. Buning ustiga u nam tortmaydi, korroziyaga uchramaydi, elektr tokini o‘tkazmaydi va issiqlik o‘tkazish darajasi ham past.

Bazalt armaturadan foydalanganda payvandlash ishlari talab qilinmaydi. Uni plastik xomutlar yordamida ham, oddiy bog‘lanadigan sim yordamida ham bog‘lash mumkin, bu esa zilzilalarga chidamlilikni oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Mijozlar uchun ma’lumot, agar armatura diametri 12 millimetrdan oshmasa, unda u 100 metrlik buxtalar ko‘rinishida yetkazib beriladi. Agar bazalt armatura diametri 14 millimetr va undan yuqori bo‘lsa, unda simlarning uzunligi buyurtmachining ixtiyoriga qarab qilinadi.

Bazalt armaturadan foydalanishning iqtisodiy foydasi po‘lat va bazalt armatura pogon metri orasidagi qiymat bo‘yicha farqdan emas, balki ko‘plab omillardan shakllanadi. Aytish joizki, bazalt armatura keskin narx o‘zgarishlariga uchramaydi.

Po‘lat armatura qo‘llashni ko‘zda tutuvchi loyihalar bazalt armaturali loyihaga qayta hisoblanganida, sifat bo‘yicha texnologik xarakteristikalar sezilarli darajada oshishidan tashqari, mablag‘larning 30% dan 50% gacha miqdori tejalishiga erishiladi. Shuningdek, bazalt armaturadan foydalanish transport tashuvlari, yuklash-tushirish, ta’mirlash ishlariga ketadigan sarf-xarajatlarni kamaytirishga yordam beradi va gidroizolyatsiya uchun qo‘shimcha himoya beton qatlamini talab qilmaydi, chunki bazalt armatura korroziyaga uchramaydi.

Dunyoning yetakchi xalqaro qurilish kompaniyalari bazalt armaturani fuqarolik va sanoat qurilishlarida, tajovuzkor muhitda ishlaydigan maxsus konstruksiyalarda, arxitekturaviy sement-beton buyumlarida, yo‘l, metro, to‘qimachilik fabrikalari, zavodlar, aeroportlar va temir yo‘l vokzallari qurilishlarida qo‘llaydi. Bazalt zavodining armaturasi suvtarnovlar, lotoklar va betondan tayyorlanadigan boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarishda metallga qaraganda yaxshiroq material hisoblanadi, chunki u po‘latga qaraganda uch baravar mustahkam, 7 baravar yengil bo‘lib, korroziyaga uchramaydi, egiluvchan va elektr tokini o‘tkazmaydi.

Bugungi kunda suv tayyorlaydigan va tozalaydigan obyektlarni, maishiy qattiq va suyuq chiqindilar saqlanadigan, qayta ishlanadigan va utilizatsiya qilinadigan obyektlarni barpo etish va ta’mirlashda, yuqori kuchlanishli elektromagnit maydon va potensiallar farqi sharoitlarida (YAMR-tomografiya bokslari, yuqori voltli liniyalar va kichik stansiyalarning tayanch konstruksiyalari va h.k. ) ishlatiladigan beton inshootlarni armaturalashda ushbu innovatsion materialga bo‘lgan talab katta. Bazalt armatura doimiy ravishda suv yoki boshqa tajovuzkor omillar ta’siri ostida bo‘ladigan ko‘priklar, gidrotexnik inshootlar qurilishida, qirg‘oq chiziqlarini mustahkamlashda, inshootlarni rekonstruksiya qilishda tobora ko‘proq qo‘llanilmoqda.

Bazalt zavodiga yo‘naltirilgan investitsiyalarning umumiy summasi qariyb 54 million dollarni tashkil qiladi. Bazalt tola ishlab chiqarish uchun xomashyo sifatida zavodda Jizzax viloyatining Forish tumanidagi Osmonsoy koni qazilmalaridan foydalaniladi.

Ayni paytda Mega Invest Industrial korxonasi Savdo-sanoat palatasi ko‘magida mahsulotni sotish uchun xorij bozorlarini izlamoqda. Kompaniya Afg‘oniston, Eron, Pokiston va boshqa yaqin xorij mamlakatlaridagi obyektlar qurilishida qatnashishni rejalashtirgan.

Reklama huquqi asosida 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-07-2018, 12:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют