» » Milliarder Alisher Usmonov “Arsenal”dagi ulushini sotib yuboradi

Milliarder Alisher Usmonov “Arsenal”dagi ulushini sotib yuboradi


Rossiyalik biznesmen Alisher Usmonov Londonning “Arsenal” klubidagi o‘ziga tegishli bo‘lgan 30 foiz aksiyasini sotishi mumkin, deb xabar beradi Financial Times.

Usmonovning “Arsenal”dagi aksiyalari ulushi 30,04 foizni tashkil etadi. Avvalroq milliarder klubning boshqaruv paketini jamoaning asosiy egasi hisoblanadigan amerikalik tadbirkor Sten Kronkedan sotib olishni xohlayotgani haqida xabarlar paydo bo‘lgandi. Ammo Kronke “Arsenal”ning o‘zida bo‘lgan 67 foiz aksiyasini sotishdan bosh tortgan va tomonlar kelishuvga erisha olmagan.

Qayd etilishicha, Usmonov Kronkening ulushi uchun 1,3 milliard dollar taklif etishga tayyor bo‘lgan. Shu boisdan Alisher Usmonov jamoadagi ulushini sotib yuborishni xohlamoqda.

Ma’lumot uchun rossiyalik milliarder ilk bor “Arsenal” aksiyalarini 2007-yilda sotib olgan. 2016-yilga kelib esa klubdagi o‘z ulushini 30 foizga yetkazgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-07-2018, 14:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 84) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют