» » Ekologiya qo‘mitasi delegatsiyasi Samarqandda “Toza hudud” DUK tashkilotining faoliyatini o‘rganmoqda

Ekologiya qo‘mitasi delegatsiyasi Samarqandda “Toza hudud” DUK tashkilotining faoliyatini o‘rganmoqda


Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 54-sessiyada viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimov tomonidan viloyat “Toza hudud” DUK tashkilotining faoliyati tanqid ostiga olinganligi to‘g‘risida xabar bergan edik. Sessiyada bildirilgan tanqidiy fikrlardan so‘ng Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining birinchi o‘rinbosari Oybek Adhamjonov boshchiligidagi ishchi guruh Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi. Bu haqida “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar bermoqda.

Ishchi guruh tomonidan Tayloq, Jomboy, Bulung‘ur, Narpay, Kattaqo‘rg‘on va Ishtixon tumanlarining “Toza hudud” DUK filiallari ish faoliyati ko‘zdan kechirib chiqilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar rejasi belgilab olindi.

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining birinchi o‘rinbosari Oybek Adhamjonov Narpay tumani Xalqobod mahallasi Guliston uy-joy xususiy mulkdorlar shirkati faoliyati bilan tanishdi. Aholi bilan uchrashuv davomida fuqarolarga induvidual shartnomalar qilish, “Toza hudud” DUK Narpay filiali tomonidan chiqindi to‘plash shoxobchasidan kunlik to‘plangan chiqindilar tashib ketilishi tashkil etilganligi ta’kidlab o‘tdi.

Ayni paytda ishchi guruh reja asosida ishlarni tashkil qilib, kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘rmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-07-2018, 14:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют