» » Figurali uchuvchi Denis Ten ishi bo‘yicha ayblanuvchilar qotillik sodir etganligini tan oldi

Figurali uchuvchi Denis Ten ishi bo‘yicha ayblanuvchilar qotillik sodir etganligini tan oldi


Qozog‘istonlik figurali uchuvchi Denis Tenning o‘limida ayblanib, hibsga olinganlarning ikki nafari o‘z aybiga iqror bo‘ldi, deb xabar beradi “TASS”.

Ayblanuvchilardan biri tergovchiga qotillik qurolini taqdim etgan.

“Qudaybergenov familiyali ayblanuvchi ko‘rsatmalarni tekshirish chog‘ida qotillik quroli ya’ni pichoq qayerga yashirilganini ko‘rsatdi. Qurol jinoiy ish materiallariga qo‘shib qo‘yilgan”, — deyiladi xabarda.

Ikkinchi ayblanuvchi Nurali Kiyasov aynan u sportchiga pichoq orqali jarohat yetkazganini tan oldi. Jinoyat guvohlari gumonlanuvchilarni tanigan.

2014-yilda Sochida o‘tkazilgan Olimpiya o‘yinlarining bronza medali sovrindori Denis Ten 19-iyul kuni Olmaota shahrida pichoqlab o‘ldirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-07-2018, 15:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют