» » Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining yangi talqini ishga tushirildi

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining yangi talqini ishga tushirildi


Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining yangi “My2.gov.uz” talqini internet tarmog‘ida “My.gov.uz” manzili orqali to‘liq faoliyatni boshladi. Bu haqda portal mutaxassislari “Daryo”ga xabar bermoqda.

YIDXP ning avvalgi talqinidan yangi talqiniga interaktiv davlat xizmatlarini olib o‘tish ishlari amalga oshirilgani sababli portal sinov talqinda faoliyat olib kelayotgan edi. Shuningdek, YIDXP foydalanuvchilari uchun portalning avvalgi talqiniga o‘tib o‘zlarini murojaatlarini topish yoki davlat organlari tomonidan javob qaytarilmagan murijaatlarning holati haqida ma’lumot olish imkoni yaratilgan.

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida yangi xizmatlar ishga tushirildi:

“Respublika hududida xususiy uy-joy borligi (yo‘qligi) to‘g‘risidagi ma’lumotni olish”. Ushbu xizmat Toshkent shahri xududida xususiy uy-joy borligi (yo‘qligi) to‘g‘risidagi ma’lumotni olish imkoniyatini taqdim etadi.

“Ipoteka, bino va inshootlar, shuningdek yer uchastkasiga bo‘lgan ashyoviy huquqlar ipotekasi to‘g‘risidagi shartnomalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish” - xizmatdan foydalanuvchining toifasi - jismoniy va yuridik shaxslar.

“Qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishga ruxsatnoma” - ushbu xizmat mulkchilik shaklidan va moliyalashtirish manbalaridan, shuningdek, qurilish-montaj ishlari olib borilayotgan yer uchastkasi maydonlaridan qat’iy nazar, qurilish-montaj ishlarining barcha turlariga ruxsatnoma olish imkonini beradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-07-2018, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют