» » “Xavfsiz yo‘llar” xalqaro avtokarvoni O‘zbekiston yo‘llarini tekshiradi

“Xavfsiz yo‘llar” xalqaro avtokarvoni O‘zbekiston yo‘llarini tekshiradi


6-avgust, dushanba kuni Moskvadan “Xavfsiz yo‘llar” xalqaro avtokarvoni yo‘lga chiqadi, deb yozmoqda “Xalq so‘zi”.

Avtomobillar Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekistondan o‘tadi.

Avtokarvon O‘sh orqali O‘zbekistonga kelib, Andijon—Toshkent—Samarqand—Navoiy—Buxoro yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanadi. Buxoro karvonning so‘nggi manzili bo‘ladi.

Haydovchilar jami 6 ming kilometrni bosib o‘tadi. Birgina Rossiyaning o‘zida mashinalar (dam olish vaqti e’tiborga olinmaganda) 32 soat yurishi kerak bo‘ladi.

Mutaxassislar maxsus ko‘chuvchi laboratoriyalarda yo‘llarning sifatini tekshirib boradi. Ular yo‘llarning ravonligi, bardoshliligi va boshqa texnik omillarni e’tiborga oladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-07-2018, 17:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 97) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют