» » Toshkentda yong‘in o‘chirish texnikalari namoyish etiladi

Toshkentda yong‘in o‘chirish texnikalari namoyish etiladi


Joriy yil 25-iyul kuni Toshkent shahri, Sergeli tumani, Yangi Sergeli ko‘chasida joylashgan Makro supermarketi oldidagi maydonda Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati tomonidan yong‘in o‘chirish texnikalarini namoyish etgan holda aholi bilan uchrashuv o‘tkaziladi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Mazkur tadbirda IIV Ashula va raqs ansambli hamda respublikaning taniqli san’atkorlari konsert dasturi taqdim etiladi. Yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlarining jangovar hatti-harakatlari, yong‘in o‘chirish amaliy sporti bo‘yicha xodimlari, shuningdek, yosh yong‘in o‘chiruvchilarning ko‘rgazmali chiqishlari namoyish etiladi.

Tadbir soat 18:30da boshlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-07-2018, 17:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 102) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют