» » Samarqandda adliya bo‘limi yo‘llardan foydalanish korxonasining 20 nafar xodimiga ish haqini undirib berdi

Samarqandda adliya bo‘limi yo‘llardan foydalanish korxonasining 20 nafar xodimiga ish haqini undirib berdi


Samarqand tumani adliya bo‘limi tomonidan tuman yo‘llardan foydalanish korxonasining 20 nafar ishchisi olti oy davomida oylik ish haqlarini ololmayotganligi to‘g‘risida murojaat qilgan. Adliya bo‘limi tomonidan fuqarolarning arizalari o‘rganilishi natijasida ishchilarga to‘lanishi lozim bo‘lgan 26 million 220 ming so‘mlik oylik ish haqlari undirib berildi, deb xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev.

Adliya bo‘limi tomonidan qisqa davr mobaynida aholidan kelib tushgan 40 dan ortiq murojaat o‘rganilib, ularning 32 tasi qanoatlantirilgan. 20 ta murojaat asosida tegishli tashkilot va mas’ul shaxslarga ta’sir choralari ko‘rilgan. Ayrim murojaatlar yuzasidan fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berilib, 2 marta tegishli tartibda o‘rganishlar o‘tkazildi. Bundan tashqari, qisqa davr ichida 2400 ta normativ huquqiy hujjatlar davlat idoralariga yetkazildi. Qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan 2 ta taklif kiritilgan.

“Yangi adliya bo‘limlarining tashkil etilishi aholi uchun vaqt va sarf-xarajatni tejash imkonini berdi. Ayni vaqtda bo‘limimizda 4 nafar huquqshunos mehnat qilmoqda. Aholiga huquqiy yordam ko‘rsatish bilan birga mahallalar kesimida qonun hujjatlari targ‘ibotini olib bormoqdamiz”, – deydi tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Baxtiyor Ulmasov.

Bo‘lim tomonidan tumandagi tashkilotlardagi vakant bo‘lgan huquqshunos lavozimini kadrlar bilan ta’minlash choralari ko‘rilmoqda. Xususan, tuman hokimligi, sil kasalliklari shifoxonasi, xalq ta’limi bo‘limi va bandlikka ko‘maklashish markazida huquqshunoslar ish boshladi. Shuningdek, bo‘limga bandligini ta’minlashda yordam so‘rab murojaat etgan 8 nafar fuqaro bo‘lim yordami bilan ishga joylashdi. 1 nafar fuqaroning pensiyasi qayta hisoblandi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni asosida respublikaning barcha shahar va tumanlarida adliya bo‘limlari tashkil etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-07-2018, 17:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют