» » Janubiy Koreya razvedkasi: Kim Chon Nam ukasidan unga va oila a’zolariga shafqat qilishni so‘ragan

Janubiy Koreya razvedkasi: Kim Chon Nam ukasidan unga va oila a’zolariga shafqat qilishni so‘ragan


Kim Chon Nam 2012-yilda o‘z ukasi, KXDR yetakchisi Kim Chen Inga xat yuborib, u va uning oilasi a’zolari hayotini saqlab qolishni so‘ragan. Bu haqda Koreya Respublikasi Milliy razvedka xizmati direktori Li Byon Xo parlament deputatlari uchun brifingda ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

“Kim Chon Nam Shimoliy Koreyada hokimiyat tepasiga kelgan ukasini na uning o‘zi, na uning farzandlari hokimiyatga da’vogarlik qilmasligiga va faqat KXDRdan tashqarida tinch hayot kechirishni istashiga ishontirgan”, — dedi u.

U, shuningdek, Kim Chon Namning sobiq xotini ayni paytda Pekinda o‘g‘li bilan yashashini, ikkinchi xotini esa ikki farzandi bilan Makaoda istiqomat qilishini aytdi.

Ularning barchasiga Xitoy hukumati tomonidan soqchilar tayinlangan. Razvedka direktori Kim Chon Nam hech qachon Janubiy Koreyaga boshpana so‘rab murojaat qilmaganini va do‘stlarining bunday maslahatlarini e’tibordan chetda qoldirganini ma’lum qildi.

Li Byon Xo, shuningdek, KXDR yetakchisi akasining zaharlanganini tasdiqladi, ammo hodisa bilan bog‘liq vaziyat hozircha noma’lum ekanligini aytdi.

Razvedka taxmin qilishicha, KXDR maxsus xizmatlari Kim Chen In hokimiyat tepasiga kelganidan buyon — so‘nggi besh yil davomida Kim Chon Namni ta’qib qilib kelgan, biroq ushbu rejalarga Xitoy hukumati tayinlagan soqchilar xalal bergan. Qotillar uchun qulay vaziyat Malayziya aeroportida yuzaga kelgan.

Malayziya politsiyasi poytaxt aeroportida vafot etgan KXDR fuqarosi Kim Chon Nam ekanligini tasdiqladi. “U Makaoga parvozni kutib, ikkinchi terminalda o‘tirgan. Bu odam yerdagi xizmatlar xodimlariga murojaat qilib, kuchli bosh aylanishidan shikoyat qilgan. U, shuningdek, noma’lum kimsa uning yuziga suyuqlik sepib yuborib, so‘ng qochib ketgani haqida aytib bergan”, — deya ma’lum qildi Selangor shtati politsiyasi rahbarining yordamchisi.

Опубликовано: admin (15-02-2017, 13:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют