» » Samarqandda 22 mln so‘mlik kumush buyumlarni noqonuniy olib kirishga uringanlar qo‘lga olindi

Samarqandda 22 mln so‘mlik kumush buyumlarni noqonuniy olib kirishga uringanlar qo‘lga olindi


Samarqand bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan zargarlik buyumlarini qonunga xilof ravishda respublika hududiga olib kirishga urinish fosh etildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar berdi.

Istanbul—Samarqand yo‘nalishidagi 276-sonli aviareys bilan uchib kelgan yo‘lovchilar X.M. va Z.D. Samarqand xalqaro aeroportida kumushdan yasalgan zargarlik buyumlarini folga qog‘ozga o‘rab, qo‘l sumkasida olib o‘tmoqchi bo‘lgan.

X.M.ning qo‘l sumkasi tekshirilganda qiymati qariyb 12 million so‘mlik, jami og‘irligi 300 grammga yaqin kumushdan yasalgan zargarlik buyumlari (23 dona uzuk, 15 juft zirak, 15 dona kulon, 19 dona zanjir va 1 dona bilakuzuk) aniqlandi.

Xuddi shunday, Z.D.ning sumkasida ham qiymati taxminan 10 122 800 so‘mlik, jami og‘irligi 253,07 grammga teng kumushdan yasalgan zargarlik buyumlari (23 dona uzuk, 16 juft zirak, 15 dona kulon, 18 dona zanjir va 1 dona bilakuzuk) yashirilgani ma’lum bo‘ldi.

Hozirda ushbu holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-07-2018, 18:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют