» » Xitoyning CCTV-7 telekanalida namoyish etilgan o‘zbek taomlari haqidagi ko‘rsatuv 150 mln tomoshabin to‘pladi

Xitoyning CCTV-7 telekanalida namoyish etilgan o‘zbek taomlari haqidagi ko‘rsatuv 150 mln tomoshabin to‘pladi


Xitoyning CCTV-7 telekanali suratga olish guruhi O‘zbekistonda bo‘lib, mamlakatning sayyohlik salohiyati, milliy taomlarning o‘ziga xos xususiyatlari haqida maxsus ko‘rsatuv tayyorladi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ijodiy guruh milliy taomlarni tayyorlash jarayonini suratga olish uchun Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xivada bo‘ldi.

Tashqi ishlar vazirligi, Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi va Xitoyning O‘zbekistondagi elchixonasi ko‘magida tayyorlangan, o‘zbek milliy oshxonasiga bag‘ishlangan ushbu hujjatli film yaqinda telekanalda namoyish etildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu filmni xitoyliklar katta qiziqish bilan kutib olgan. Uni ko‘rganlar soni 150 million nafarni tashkil etmoqda.

Ayni vaqtda ushbu hujjatli filmni o‘zbek tiliga tarjima qilish va mahalliy telekanallarda namoyish etish mo‘ljallanmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-07-2018, 21:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 48) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют