» » Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab 5-sinfga kirish imtihonlarini o‘tkazdi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab 5-sinfga kirish imtihonlarini o‘tkazdi


2018-yilning 23-iyul kuni Toshkentdagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Axborot kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab 2018—2019-o‘quv yili uchun 5-sinfga qabul imtihonlarini o‘tkazdi. Bu haqda Toshkent shahridagi Inha universiteti matbuot xizmati xabar bermoqda.

2-iyuldan 20-iyul kuniga qadar maktabga kerakli hujjatlarni 510 nafarga yaqin o‘quvchi topshirdi va qabul imtihonlarida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. Ro‘yxatdan o‘tgan o‘quvchilar 23-iyul kuni “O‘zko‘rgazmasavdo” binosida bo‘lib o‘tgan matematika va ingliz tili fanlaridan imtihonlarda ishtirok etdi. Imtihon 2 soat davom etdi.

Imtihon Toshkent shahridagi Inha universiteti bilan hamkorlikda tashkil etildi. Oliy o‘quv yurti maktabga imtihon jarayonining ochiqligi va shaffofligini ta’minlashda ko‘mak berdi. Jumladan, imtihon jarayoni http://live.inha.uz sahifasi va maktabning rasmiy Facebook sahifasi https://www.facebook.com/AlKhorezmiySchool/ orqali onlayn namoyish etildi. Shu bilan birga imtihonlarning shaffofligini ta’minlash uchun bir guruh ota-onalar kuzatuvchi sifatida imtihon zaliga taklif etildi.

Kirish imtihonlari yakunlariga ko‘ra, ixtisoslashtirilgan maktabning 5-sinfiga 60 nafar o‘quvchi qabul qilinadi. Imtihon natijalari 2018-yilning 30-iyul kuni e’lon qilinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-07-2018, 21:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 106) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют