» » Bosh prokuraturada yangi tayinlov amalga oshirildi

Bosh prokuraturada yangi tayinlov amalga oshirildi


O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2018-yil 23-iyuldagi buyrug‘iga asosan Mullajonov Abduqahhor Fayzulloyevich Bosh prokuratura voyaga yetmaganlar bo‘yicha qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Abduqahhor Mullajonov 1976-yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos. 2002-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 2002-yilda Mirzo Ulug‘bek tuman prokuraturasida boshlab, Toshkent shahar prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda, 2004-yildan boshlab, Toshkent shahar prokuraturasi bo‘limi katta tergovchisi, Sergeli tuman prokurori lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2017-yildan shu vaqtgacha Bektemir tumani prokurori lavozimida ishlab kelgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-07-2018, 22:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют