» » Toshkent Islom institutida kirish imtihonlari boshlandi

Toshkent Islom institutida kirish imtihonlari boshlandi


Bugun, 24-iyul kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom institutiga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun ijodiy imtihonlar boshlandi. Bu haqda O‘zbekiston Musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Imtihon Qur’on tilovati va duo bilan boshlandi. Institut rektori Uyg‘un G‘afurov abituriyentlarga imtihon jarayoni va tartibini tushuntirib o‘tdi.

Kuzatuvchilar, ota-onalar imtihon uchun ajratilgan xonalar va imtihon topshiruvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

Farzandlariga hamroh bo‘lib kelgan ota-onalar va mehmonlar uchun institut hududida salqin ichimliklar va shinam kutish joylari tashkil qilindi. Imtihonlarni talab darajasida o‘tkazish maqsadida ichki ishlar va tibbiyot xodimlari ham jalb qilindi.

Abituriyentlar ijodiy imtihonda arab tili fanidan sinovdan o‘tmoqda. Toshkent Islom institutiga abituriyentlarni qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, Aqoid, Fiqh va O‘zbekiston tarixi fanlaridan test sinovlari ertaga 25-iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, 2018—2019-o‘quv yili uchun jami 202 abituriyentdan arizalar qabul qilingan bo‘lib, bu yil O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan 50 ta o‘rin ajratilgan bo‘lib, shundan 8 nafari ayol-qizlardan iborat.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-07-2018, 22:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 81) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют