» » “Lokomotiv” “So‘g‘diyona”ni yuta olmadi, “Navbahor” hisobda oldinda borib, “Bunyodkor”ga yutqazib qo‘ydi

“Lokomotiv” “So‘g‘diyona”ni yuta olmadi, “Navbahor” hisobda oldinda borib, “Bunyodkor”ga yutqazib qo‘ydi


Bugun, ?24-iyul sanasida futbol bo‘yicha O‘zbekiston Pepsi Superligasining 18-turi doirasida yana 3 ta bellashuv bo‘lib o‘tdi.

Odatga ko‘ra kun taqvimidan 3 ta uchrashuv o‘rin olgandi.

Dastlabki o‘yin Jizzaxda “So‘g‘diyona” hamda “Lokomotiv” jamoalari o‘rtasida kechib, mazkur o‘yinda tomonlar golsiz durangga imzo chekdi.

Ikkinchi uchrashuv esa Farg‘onada “Neftchi” va “Qizilqum” jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Bellashuv taqdirini 62-daqiqada mehmonlarning turkmanistonlik legioneri Artur Gevorkyan tomonidan kiritilgan gol hal etdi. “Neftchi” esa navbatdagi mag‘lubiyatni o‘z maydonida qabul qilib oldi.

Turning so‘nggi hamda markaziy o‘yini Toshkentda bo‘lib o‘tdi. “Bunyodkor o‘z maydonida Namanganning “Navbahor” jamoasini qabul qildi. Uchrashuvda hisob 32-daqiqada namanganliklar hujumchisi Ro‘zimboy Ahmedov tomonidan ochildi. 38-daqiqada esa yaqindagina katta futbolga qaytarilgan Dilshod Ahmadaliyev hisobni tenglashtirdi. Ikkinchi bo‘limning 57-daqiqasida esa “Bunyodkor” legioneri Filip Rayevats jamoasiga g‘alaba keltirgan golga mualliflik qildi.

Shu tariqa 18-tur bellashuvlari ham yakuniga yetdi.

Pepsi Superliga

18-tur bellashuvlari

24-iyul, seshanba

Gol: 0:1—62 Artur Gevorkyan.

Gollar: 0:1—32 Ro‘zimboy Ahmedov, 1:1—38 Dilshod Ahmadaliyev, 2:1—57 Filip Rayevats.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-07-2018, 23:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 94) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют