» » BMT Iroqning Mosul shahrida ichimlik suvi taqchilligi haqida ma’lum qildi

BMT Iroqning Mosul shahrida ichimlik suvi taqchilligi haqida ma’lum qildi


BMT gumanitar agentliklari Mosulda, shu jumladan, shaharning IShID terrorchilik guruhi jangarilaridan ozod etilgan sharqiy qismida ichimlik suvi taqchilligidan tashvishlanmoqda. Bu haqda 14-fevral, seshanba kuni butunjahon tashkiloti bosh kotibining rasmiy vakili o‘rinbosari Farhan Haq ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

Ichimlik suvining ko‘p miqdordagi taqchilligi Mosulning sharqiy qismidan tashvishlanishning asosiy sabablaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Farhan Haq, BMT bosh kotibining rasmiy vakili o‘rinbosari

Uning so‘zlariga qaraganda, BMT hamkorlari har kuni avtosisternalar yordamida shaharning 30 ta tumaniga o‘rtacha 2,3 ming kub metr suv yetkazib bermoqda.

Biroq bu suv ta’minoti tizimi to‘liq qayta tiklangunga qadar vaqtinchalik choradir.

Farhan Haq, BMT bosh kotibining rasmiy vakili o‘rinbosari

U Mosulning sharqiy qismiga xizmat ko‘rsatuvchi suv tozalaydigan zavod yaqinda yana ishga tushganligi va 70 ming kishi uchun suv yetkaza boshlaganligini ma’lum qildi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (15-02-2017, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют