» » O‘ta kuchli Lamborghini superkarining videosi taqdim etildi (video)

O‘ta kuchli Lamborghini superkarining videosi taqdim etildi (video)


Lamborghini kompaniyasi yangi Aventador SVJ superkarining videosini taqdim etdi. Avtomobil 800 ot kuchiga ega, uning sinovlari Germaniyaning Nyurnberg shahrida bo‘lib o‘tgan, deb yozmoqda “Korrespondent.net”.

Superkar 6,5 litr sig‘imli V12 dvigateli bilan jihozlangan. O‘zining o‘ta yuqori kuchi tufayli Aventador SVJ Nyurburgring trassasining eng tezkor avtomobili nomiga da’vogarlik qilishi mumkin.

Amaldagi rekordchi Porsche 911 GT2 RS bo‘lib, u bitta aylanani 6 daqiqayu 47,3 soniyada bosib o‘tgan.

Ishlab chiqaruvchi hozircha avtomobilning eng yuqori tezligini ma’lum qilmagan. Boshqa ma’lumotlar ham sir saqlanmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-07-2018, 07:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют