» » Ulug‘bek Anvarov Bosh prokuratura uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi

Ulug‘bek Anvarov Bosh prokuratura uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi


Ulug‘bek Anvarov O‘zbekiston Bosh prokuraturasi uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

U 1973-yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos. 1996-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 1999-yilda Yakkasaroy tuman prokuraturasida boshlab, Toshkent shahar prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda, 2009-yildan boshlab Bosh prokuratura boshqarma katta tergovchisi, Chilonzor tuman prokurori, Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Avval Bosh prokuraturaning uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-07-2018, 08:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 46) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют