» » GM Uzbekistan avtomobillaridan arzonroq turadigan 4 ta elektromobil

GM Uzbekistan avtomobillaridan arzonroq turadigan 4 ta elektromobil


2019-yilning 1-yanvaridan boshlab O‘zbekistonga olib kiriladigan elektromobillarga nisbatan 0 (nol) qiymatdagi bojxona to‘lovi joriy qilinadi. Shu munosabat bilan, Spot GM Uzbekistan avtomobillaridan arzonroq turadigan to‘rtta elektromobil bilan tanishtirdi.

Eng arzon elektromobillardan biri. Yangisi 30 ming dollar turadi, ammo ishlatilganini Rossiyada 400 ming rubl (6,3 ming dollar)dan 1 million rubl (15 ming dollar)gacha bo‘lgan narxda topish mumkin. Yevropada Leaf yanada arzon turadi — 5 ming dollardan boshlanadi.

Yangisi 20 ming dollar turadi, biroq ishlatilganining narxi Rossiyada 350 ming rubl (5,5 ming dollar)dan 1 million rubl (15 ming dollar)gacha. Yevropa va Yaponiyada esa narxi 4 ming dollardan boshlanadi.

Yapon oilaviy miniveni. Yangisi 25 ming dollar, ishlatilgani Rossiyada 300 ming rubl (4,7 ming dollar)dan 800 ming rubl (12 ming dollar)gacha. Yevropa yoki Yaponiyada — 2 ming dollardan boshlanadi.

Yangisi 30 ming dollardan boshlanadi, ishlatilgani esa Rossiyada 600 ming rubl (9 ming dollar)dan 1,2 million rubl (18 ming dollar)gacha turadi. Yevropada — 6 ming dollardan boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, elektromobilni bojxonadan o‘tkazish uchun texnik pasport, oldi-sotdi shartnomasi va sertifikat talab qilinadi. Bojxona yig‘imi to‘lovi va tovar narxiga qo‘shilgan qiymat uchun soliq to‘lash majburiy sanaladi.

Avtomobilning bojxona narxi oldi-sotdi shartnomasida ko‘rsatilgan qiymatga ko‘ra yoki narxlarning xalqaro katalogiga asosan belgilanadi. Tovar narxiga qo‘shilgan qiymat uchun soliq stavkasini avvaliga 12 foiz miqdorida belgilashga kelishilgan edi, biroq stavka 20 foiz deb belgilandi. Ushbu soliq avtomobilning tannarxi, bojxona to‘lovi va aksiz solig‘idan kelib chiqib belgilanadi.

Bundan tashqari, elektromobillar uchun aksiz solig‘i to‘lanmaydi.

Misol uchun, Tesla Model X 100D elektromobilning tannarxi — 230 ming AQSh dollari. Uni bojxonadan o‘tkazish 48 000—49 000 dollarga teng bo‘ladi. Bu — tovar narxining 21—23 foizi deganidir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-07-2018, 09:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют