» » Rasman: PSJ futbolchisi Vitaliy Denisov bilan bir jamoada to‘p suradi

Rasman: PSJ futbolchisi Vitaliy Denisov bilan bir jamoada to‘p suradi


PSJ klubi yarim himoyachisi Gjegoj Krixovyak rasman Moskvaning “Lokomotiv” klubiga o‘tdi. Bu haqda klub rasmiy saytida xabar berildi.

Futbolchi Rossiya klubiga ijara asosida transfer qilindi. Shu bilan birga “temiryo‘lchilar” Krixovyakni 12 million yevroga sotib olish huquqini ham qo‘lga kiritdi. Buning uchun futbolchi “Loko” safida kamida 10 ta uchrashuvda maydonga tushishi lozim. Futbolchi yangi jamoasi safida 7-raqamda to‘p suradi.

Polshalik futbolchi yakuniga yetgan mavsumni APLda “Vest Bromvich” safida o‘tkazdi. 27 uchrashuvda qatnashib, birorta ham gol ura olmadi. Gjegoj 2016-yil yozida “Sevilya”dan PSJga 30 million yevro evaziga transfer qilingan edi.

Ma’lumot uchun o‘zbekistonlik himoyachi Vitaliy Denisov ham “Lokomotiv” safida to‘p suradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-07-2018, 09:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют