» » Xiaomi kompaniyasi bolalar uchun 4G smart-soatni taqdim etdi

Xiaomi kompaniyasi bolalar uchun 4G smart-soatni taqdim etdi


Xitoyning Xiaomi kompaniyasi bolalar uchun Mi Bunny Children Watch 3 smart-soatini chiqardi. Qurilma avvalgi 2c versiyasidan 4G-tarmoqlarni qo‘llab-quvvatlashi bilan farqlanadi, deb yozadi Tom’s Hardware.

Xiaomi Mi Bunny Children Watch 3 1,41 dyuymli va 320?360 pikselli to‘rtburchak AMOLED displey bilan jihozlanadi. Korpus IPX7 standarti bo‘yicha suvdan himoyalangan, bog‘ichi esa ekologik va teri uchun qulay materialdan tayyorlangan.

Smart soatda 2 megapikselli kamera bo‘lib, u o‘simliklar nomlarini aniqlash imkonini beradi. Qurilma bolaning joylashgan joyini ko‘rsatib turadi, shuningdek, u avvaldan belgilangan hududdan chiqayotgani haqida ota-onasini ogohlantiradi.

Soat 24-iyuldan sotuvga chiqdi. U ko‘k va pushti ranglarda 599 yuan (88 dollar)dan sotiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-07-2018, 10:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют