OAV: Bir vaqtning o‘zida 104 ta yo‘ldoshni koinotga olib chiqqan Hindistonning Polar raketa-tashuvchisi rekord o‘rnatdi
Hindistonning Polar raketa-tashuvchisi 15-fevral kuni bir vaqtning o‘zida koinotga 104 ta yo‘ldosh olib chiqib, yangi rekord o‘rnatdi. Bu haqda “Sinxua” agentligiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Raketa-tashuvchi Shrixarikota kosmodromidan uchirildi. Raketa og‘irligi 714 kilogramm bo‘lgan Yerning asosiy zondi va umumiy og‘irligi 664 kilogramm bo‘lgan 103 ta “nanoapparat”ni o‘zida olib ketdi.
Xabarda qayd etilishicha, nanoyo‘ldoshlarning deyarli barchasi boshqa mamlakatlar, jumladan, Isroil, Qozog‘iston, Gollandiya, Shveysariya va BAAga tegishli. Ularning aksariyati – 96 donasi AQSh mulki hisoblanali.
Raketa-tashuvchida bir vaqtning o‘zida eng ko‘p apparatni olib chiqish bo‘yicha avvalgi rekord Rossiyaga tegishli edi. 2014-yilda raketa o‘zi bilan 39 ta yo‘ldoshni olib chiqqandi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Добавить комментарий!
