» » Samarqandda 10 ming dollarni noqonuniy sotgan valyutafurush qo‘lga olindi

Samarqandda 10 ming dollarni noqonuniy sotgan valyutafurush qo‘lga olindi


Samarqand viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida “Kamangaron” mahallasida yashovchi fuqaro G.A. tadbirga jalb qilingan fuqaro M.A.ga har bir AQSh dollarini 7850 so‘mdan hisoblab, 10 000 AQSh dollarini 78 850 000 so‘mga sotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlandi, deb xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev.

Viloyat IIB bergan ma’lumotga ko‘ra tezkor tadbir davomida G.A.dan jami 10 000 AQSh dollari daliliy ashyolar sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro G.A. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 177-moddasi (“Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish”) 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-07-2018, 11:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют