» » “O‘zbekfilm” AJ tugatiladi. U davlat unitar korxonasi sifatida qayta tashkil etiladi

“O‘zbekfilm” AJ tugatiladi. U davlat unitar korxonasi sifatida qayta tashkil etiladi


O‘zbekiston Prezidenti “Milliy kinoindustriyani rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matni O‘zA tomonidan keltirildi.

Qarorga muvofiq, “O‘zbekkino” Milliy agentligi, Moliya va Adliya vazirliklari, Raqobat qo‘mitasi hamda “O‘zbekfilm” AJ aksiyadorlarining quyidagi takliflariga rozilik berildi:

“O‘zbekfilm” aksiyadorlik jamiyatini jamiyat tarkibidan chiqib ketadigan aksiyadorlar bilan hisob-kitobni amalga oshirgan holda “O‘zbekfilm” davlat unitar korxonasi sifatida qayta tashkil etish;

“Hujjatli filmlar kinostudiyasi” davlat unitar korxonasini mamlakatning davlat va jamiyat hayotida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarining eng muhim yo‘nalishlarida erishilgan yutuqlarni tasvirga olish va ularni keyinchalik arxivlashtirish bo‘yicha vazifalarni yuklagan holda “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” davlat unitar korxonasi sifatida qayta nomlash;

“O‘zbekkino” MAning hududiy bo‘linmalari negizida ularning shtatlar soni, bino va boshqa moddiy-texnika bazasi, shuningdek, 2020-yilning 1-yanvariga qadar muddatda amaldagi moliyalashtirish manbalarini saqlagan holda “Respublika kinoprokat markazi” davlat unitar korxonasining filiallarini tashkil etish;

“O‘zbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi” davlat muassasasini uning balansida bo‘lgan mol-mulk va boshqa moddiy-texnik qimmatliklarni (ko‘chmas mulkni bepul foydalanishga) topshirish orqali nodavlat notijorat tashkiloti sifatida qayta tashkil etish.

Adliya vazirligiga bir oy muddatda yangi tashkil etiladigan nodavlat notijorat tashkilotini davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlash topshirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-07-2018, 11:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют