» » Payariqlik fermer noqonuniy yer sotayotganda qo‘lga olindi

Payariqlik fermer noqonuniy yer sotayotganda qo‘lga olindi


Samarqandda noqonuniy yer sotishga uringan fermerga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi, deb xabar beradi “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev.

11-iyul kuni Samarqand viloyati IIBga fuqaro O.A. ariza bilan murojaat qilgan. U o‘z arizasida Payariq tuman “Cholmo‘yin tepasi” fermer xo‘jaligining raisi Q.O‘. o‘zi rahbarlik qilib kelayotgan xo‘jaligining paxta ekinlari ekilgan jami 5.3 gektar yer maydonini Payariq tuman qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i orqali hokimiyat zaxirasiga qaytarib, nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 5000 AQSh dollariga kelishib, 2500 AQSh dollarini berishini talab qilayotganligini ma’lum qilib unga nisbatan chora ko‘rishni so‘ragan.

Samarqand viloyat IIB tomonidan olingan ma’lumotga ko‘ra mazkur arizaga asosan Samarqand viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Payariq tuman “Cholmo‘yin tepasi” fermer xo‘jaligining raisi Q.O‘. firibgarlik yo‘li bilan oldindan kelishilgan 5000 AQSh dollari hisobidan 2500 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Ushbu holat yuzasidan Q.O‘.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 2-qismi va 28.211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-07-2018, 14:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 81) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют