» » Tailandda 5 ta avtomobil ishtirokidagi YTHda 6 kishi halok bo‘ldi

Tailandda 5 ta avtomobil ishtirokidagi YTHda 6 kishi halok bo‘ldi


Tailandning shimoli-sharqidagi Nakxonratchasima provinsiyasida 5 ta avtomobil ishtirokida yirik YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda “TASS”ga tayanib, “Vesti” xabar bermoqda.

YTH oqibatida 6 kishi halok bo‘lgan, 13 kishi turli darajadagi tan jarohati olgan. Politsiya 25-iyul, chorshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 00:50 da voqeadan xabar topgan.

Ma’lum qilinishicha, avtosisterna (sisternali avtomobil; suyuqlik, masalan, oziq-ovqat, neft mahsulotlari, suyultirilgan gaz va hokazolarni tashish va vaqtinchalik saqlash uchun mo‘ljallangan) burilishga kelganida pikap (usti yopiq kabina va yuk ortiladigan ochiq joyga ega mashina) va 3 ta furgon (odamlar va yuk tashishga mo‘ljallangan yopiq kuzovli avtomobil) vaqtida to‘xtashga ulgurmagan va yoqilg‘i ortilgan yuk mashinasi bilan to‘qnashgan. Oqibatda 6 kishi voqea joyida jon bergan, 13 kishi jarohat olgan.

Voqea joyiga yetib kelgan qutqaruvchilar maxsus gidravlik anjomlar yordamida halok bo‘lganlar va jarohat olganlarni mashinalar ichidan chiqarib olgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-07-2018, 14:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 63) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют