» » “Koinot go‘zali” tanlovida cho‘milish kiyimida chiqish taqiqlandi

“Koinot go‘zali” tanlovida cho‘milish kiyimida chiqish taqiqlandi


“Koinot go‘zali” tanlovi tashkilotchilari qatnashchilarning final bosqichida cho‘milish kiyimida chiqishini taqiqladi. Bu haqda tanlov axborot xizmatiga tayanib, Sputnik xabar bermoqda.

Tashkilotchilar qatnashchilarning tashqi ko‘rinishiga emas, balki ichki dunyosiga ko‘proq e’tibor qaratishga harakat qilmoqda.

Shu tariqa tanlov qatnashchilari tarbiyasi va ma’naviyati omma oldida yarim yalang‘och holatda chiqishga yo‘l qo‘ymaydigan qatnashchilarni tanlovga jalb qilmoqchi.

“Aslida go‘zallik odamning ichki dunyosida bo‘ladi. Qizlar kelajakda ona bo‘lishi kerak, shunday ekan, ularning qomatini omma oldida ko‘z-ko‘z qilish noto‘g‘ri”, — deydi hakamlar hay’at raisi va xalqaro tanlovning bosh prodyuseri Leonid Xromov.

Endilikda cho‘milish kiyimida chiqish shartining o‘rniga ijodiy topshiriq sharti joriy qilinadi. Bu haqda ma’lumot keyinroq taqdim qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yili tanlovning final bosqichida o‘zbekistonlik Anastasiya Polovinkina va Aneta Sultonova qatnashgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-07-2018, 16:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 74) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют