» » 2020-yilda Toshkentda Rossiya kinematografiya instituti — VGIK filiali ochilishi mumkin

2020-yilda Toshkentda Rossiya kinematografiya instituti — VGIK filiali ochilishi mumkin


O‘zbekistonda 2020-yilda Butunrossiya kinematografiya davlat instituti (VGIK) filiali ochilishi mumkin. Bu O‘zbekiston Prezidentining “Milliy kinoindustriyani rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan.

Qarorga muvofiq, Milliy kinematografiyani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturini amalga oshirish bo‘yicha Respublika komissiyasining:

2019/2020-o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti iqtidorli bitiruvchilarini hamda institutda “Ijro etuvchi prodyuser” va “Kinorejissura va kinodramaturgiya” yo‘nalishlari bo‘yicha dastlabki saralashdan o‘tgan bakalavr darajasiga ega milliy kinematografiya sohasining mutaxassislarini S. Gerasimov nomidagi Butunrossiya kinematografiya davlat instituti qoshidagi “Kino va televideniye”ning oliy kurslariga o‘qishga yuborish;

2019/2020-o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti bakalavriatining ixtisoslashgan yo‘nalishlari iqtidorli bitiruvchilari uchun VGIK assistentura-stajirovkasida “Ijro etuvchi prodyuser”, “Dramaturgiya” va “Audiovizual san’at rejissurasi” mutaxassisliklari bo‘yicha o‘qishlarni tashkil etish;

2020/2021-o‘quv yilidan boshlab Toshkent shahrida kinematografiya sohasining malakali kadrlarini tayyorlash bo‘yicha VGIK filialini (qo‘shma fakultetini) ochish, o‘qituvchilik faoliyatiga VGIK yuqori kurslarida va assistentura-stajirovkasida avval tayyorgarlikdan o‘tgan mutaxassislarni, shuningdek, master-klasslar o‘tkazish uchun institut professor-o‘qituvchilarini jalb qilish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullandi.

“O‘zbekkino” Milliy agentligiga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Madaniyat vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda 2018-yil 1-dekabrga qadar bo‘lgan muddatda VGIK yuqori kurslarida va assistentura-stajirovkasida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti bitiruvchilari hamda respublika mutaxassislari o‘qishini tashkil etish, shuningdek, Toshkent shahrida institut filialini (qo‘shma fakultetini) ochish bo‘yicha VGIK rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazish topshirildi.

“O‘zbekkino” Milliy agentligi huzurida Kinoindustriya sohasi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi tashkil etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-07-2018, 20:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют