» » Deputatlar va senatorlar Ishtixonda ichimlik suvi ta’minoti, G‘allaorolda esa tibbiy xizmat ko‘rsatishdagi muammolarga e’tibor qaratdi

Deputatlar va senatorlar Ishtixonda ichimlik suvi ta’minoti, G‘allaorolda esa tibbiy xizmat ko‘rsatishdagi muammolarga e’tibor qaratdi


Deputatlar va senatorlardan iborat ishchi guruh Samarqand viloyatining Ishtixon tumani aholisi bilan yuzma-yuz muloqot olib borib, ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi yutuq hamda muammolar bilan yaqindan tanishdi, ijro hokimiyati, huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatini o‘rgandi. Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi sessiyasida ana shu o‘rganish natijalari qizg‘in muhokama qilindi, deya xabar beradi “Xalq so‘zi”. 

Sessiyada tuman aholisiga ichimlik suvini yetkazib berish ishlari talab darajasida emasligi tanqid ostiga olindi. Bugungi kunda aholining 29 foizi markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlangan. Maktabgacha ta’lim muassasalari, maktablar, qishloq vrachlik punktlarida ham ichimlik suvi ta’minoti yaxshi emas. Xuddi shunday holat elektr energiyasi ta’minotida ham kuzatiladi.

Tumanda aholini, ayniqsa, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish chora-tadbirlari tizimli olib borilmayapti. Xususan, 2016- yilda hududdagi 11 kasb-hunar kollejining jami 4 ming 416 nafar bitiruvchisidan 4 ming 98 nafari bandligi ta’minlangani hisobotda ko‘rsatilgan bo‘lib, amalda ularning hammasi ham bugungi kunda o‘z ish joyiga ega emasligi tanqid qilindi.

Ochiq muloqotlar asnosida fuqarolar yig‘inlari raislari aholi keng qatlami bilan muntazam uchrashmasligi, ularning muammolari bilan qiziqmasligi, murojaatlarini e’tiborsiz qoldirishi, beriladigan turli ma’lumotnomalarni olishda byurokratik holatlarga yo‘l qo‘yilishi fuqarolarning haqli e’tiroziga sabab bo‘layotgani bayon qilindi. 

Shuningdek, uy-joy-kommunal xizmati ko‘rsatish, yoshga doir, nogironlik va voyaga yetmaganlar uchun beriladigan nafaqalarni tayinlash, tibbiy xizmat, ta’lim, savdo hamda maishiy xizmat ko‘rsatish, avtomobil yo‘llarining holati, transport xizmati sohalarida ko‘zbo‘yamachilik holatlari mavjudligi ayon bo‘ldi. 

Shu kuni xalq deputatlari G‘allaorol tumani Kengashi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Ochiq hamda oshkora ruhda o‘tgan sessiyada xalq vakillari G‘allaorol tumani markazi va qishloqlarida jami 600 ga yaqin xonadonda bo‘lib, ularning yashash sharoiti, ehtiyoji, talab hamda takliflari bilan yaqindan tanishgani, aholi tomonidan 800 dan ziyod muammoli masalalar o‘rtaga tashlangani, bular, asosan, uy-joy-kommunal xizmati ko‘rsatish, tibbiyot muassasalari faoliyati, ta’lim, bandlik, tadbirkorlik, ekologiya, ijtimoiy infratuzilma bilan bog‘liqligi alohida ta’kidlandi.

Tumandagi bank muassasalari, jumladan, “Mikrokreditbank” va “Qishloq qurilish bank”ning tuman bo‘limlaridagi infokiosklar ishlamasligi, savdo hamda maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlarida, qator dehqon bozorlarida xaridorlar va sotuvchilar uchun qulayliklar yaratilmagani, do‘konlarda aholiga xizmat ko‘rsatishda naqd pul hamda naqdsiz hisob-kitobda mahsulotlar narxida tafovut borligi aytib o‘tildi. 

Deputatlar va senatorlardan tarkib topgan guruh tomonidan tumandagi 30 ga yaqin umumta’lim maktablarining aksariyatida o‘qituvchi hamda o‘quvchilar ovqatlanishi uchun zarur sharoit yo‘qligi, borlari esa sanitariya-epidemiologik talablarga javob bermasligi, maktabgacha ta’lim muassasalariga yetkazib berilayotgan kartoshka, makaron, guruch, mosh, sariyog‘ va go‘shtning sifati talab darajasida emasligi aniqlandi. 

Sessiyada aholi bandligini ta’minlash dasturi ijrosidagi e’tiborsizlik, mas’uliyatsizlik holatlari qattiq tanqid qilindi. Aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sohasida oliy toifali vrachlar yetishmasligi, tuman aholisi uchun juda zarur bo‘lgan travmatologiya, nevrologiya, endokrinologiya bo‘limlarining yo‘qligi, tez tibbiy yordam xizmati ham qoniqarli ahvolda emasligi ta’kidlandi.

Sessiyalarda ko‘rilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi. Ularda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev ishtirok etdi va so‘zga chiqdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling! 

Опубликовано: admin (15-02-2017, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 66) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют