» » Dog‘istonlik milliarder Suleyman Kerimov 21 yoshli o‘g‘liga Maxachqal’a aeroportini sovg‘a qildi

Dog‘istonlik milliarder Suleyman Kerimov 21 yoshli o‘g‘liga Maxachqal’a aeroportini sovg‘a qildi


Dog‘istonlik senator va milliarder Suleyman Kerimov Moskvada tahsil olayotgan 21 yoshli o‘g‘li Said Kerimovga Maxachqal’a aeroportini sovg‘a qildi. Bu haqda Forbes’ga asoslanib, “Vestnik Kavkaza” xabar bermoqda.

Shu yilning yanvar oyida Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti talabasi Said Kerimov nomiga aeroportga egalik qiladigan “Grandeko” kompaniyasining 99,5 foiz aksiyalari qayta rasmiylashtirildi. Mazkur kompaniya avval uning otasi Suleyman Kerimovga tegishli bo‘lgan.

Xabarda qayd etilishicha, avvalroq Kerimov va uning o‘g‘li Rossiyadagi yirik oltin konlarini sotib olib, mamlakatning 28 foiz oltin zaxiralari ustidan nazoratni qo‘lga olgan.

Chop etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2016-yili federal ahamiyatga ega Maxachqal’a aeroporti xizmatlaridan 869 200 yo‘lovchi foydalangan.

Ma’lumot uchun, Suleyman Kerimov Maxachqal’aning “Anji” futbol klubi sobiq xo‘jayini sanaladi. U 2011-yili klubni xarid qilgan. Aynan o‘sha yili O‘zbekiston terma jamoasining amaldagi sardori Odil Ahmedov jamoa safiga qo‘shilib, 2014-yilgacha to‘p surgan. Milliarder 2016-yili “Anji”ni Usmon Kadiyevga sotib yuborgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (15-02-2017, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют