» » Samarqand shahar hokimi: tarixiy pochta binosi buzilmaydi

Samarqand shahar hokimi: tarixiy pochta binosi buzilmaydi


Ijtimoiy tarmoqlarda, xususan Facebook’dagi “Xalq bilan muloqot” guruhida Samarqand shahrida bundan bir asr oldin – 1910-yilda qurilgan pochta binosining buzilayotgani haqida xabarlar yana paydo bo‘ldi. Mazkur xabarga Samarqand shahar hokimi Furqat Rahimov o‘z munosabatini bildirib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev.

— Shuni ma’lum qilamizki, hozirda pochta joylashgan bino yaqinida Samarqand davlat tibbiyot institutining 800 o‘rinli o‘quv binosi qurilishi mo‘ljallangan. Ushbu binoning qurilishi madaniy-tarixiy hisoblangan pochta binosidan normativ masofaga asosan olib boriladi. Qurilish ishlarining tarixiy binoga hech qanday ta’siri yo‘q.

Ikkinchidan, o‘quv korpusining bir qismi quriladigan joydagi pochtaning xat-xabar almashinuvi binosi tarixiy-madaniy obida sirasiga kirmaydi – 1987-yilda qurilgan ta’mirtalab inshootdir. Buzilishi rejalashtirilgan bino madaniy-tarixiy inshoot emasligi haqida Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi Samarqand va Jizzax viloyatlari bo‘yicha mintaqalararo davlat inspeksiyasi mutasaddilarining xulosasi bor, — deya ta’kidlab o‘tdi Samarqand shahar hokimi Furqat Rahimov. — Ta’kidlash kerak, bugungi kunda shaharda bir qator qurilish ishlari yakuniy espertiza o‘tkazish uchun to‘xtatib qo‘yilgan. 18 yildan buyon shaharda yaroqli bosh reja bo‘lmagani ayni vaqtga kelib ko‘plab ana shunday muammolarni yuzaga keltirmoqda. Shahar bosh rejasida nafaqat binolar, balki yo‘llar, hatto muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari ham inobatga olinishi bois bu borada ayrim hududlarda yangi loyihalarni bajarish qiyin kechmoqda.

Muammoni bartaraf etish maqsadida ayni paytda “ToshBoshPlan LITI” instituti vakillari tomonidan shaharning bosh rejasi ishlab chiqilmoqda. Mazkur reja joriy yilning 1-dekabriga qadar tayyorlanadi va bu haqda jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi.

Yana bir gap, bugun ayrim yurtdoshlarimiz internetda tarqatilayotgan buzg‘unchi g‘oyalar bilan to‘ldirilgan, eng yomoni, tag zamiri faqat yolg‘ondan iborat bo‘lgan mana shunday asossis xabarlarga ishonib qolmoqda.

Shu o‘rinda hurmatli hamshaharlarimizdan olib borilayotgan ishlarning asl mohiyatiga yetmasdan turib ijtimoiy tarmoqlar orqali munosabat bildirmasligini so‘rab qolamiz. Buzilishi rejalashtirilgan uy-joylar bozor narxida baholanib, qonun doirasida kompensatsiya to‘lanadi. Bu borada hech qanday e’tirozga o‘rin qolmaydi, — deya bildirib o‘tdi Samarqand shahar hokimi Furqat Rahimov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-07-2018, 09:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют