» » Yaponiyada “Aum Sinrikyo” sektasining yana 6 a’zosi qatl etildi

Yaponiyada “Aum Sinrikyo” sektasining yana 6 a’zosi qatl etildi


Yaponiyada “Aum Sinrikyo” ekstremistik sektasining olti a’zosi qatl etildi, deb yozadi “Kommersant”. Ular o‘limga mahkum qilingan so‘nggi “Aum Sinrikyo” a’zolari bo‘lgan.

Qatl etilganlarning barchasi zarin ishlab chiqarish, kimyoviy qurol ishlab chiqish va oddiy qurol-yarog‘larni sotib olishga aloqador bo‘lgan. Hukmlar osish yo‘li bilan ijro etildi.

“Aum Sinrikyo” yetakchisi Asaxara o‘zining olti nafar safdoshi bilan birga 6-iyul kuni qatl qilingan. Ular 1995-yilda Tokio metrosida zarin hujumini tashkil etganlikda ayblangan. Hujumda 13 kishi halok bo‘lgan, taxminan olti ming kishi jabrlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-07-2018, 10:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 60) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют