» » XChK. “Yuventus” “Bavariya”ni mag‘lub etdi, Saloh va Manening gollari “Liverpul”ga “Manchester Siti” ustidan g‘alaba keltirdi

XChK. “Yuventus” “Bavariya”ni mag‘lub etdi, Saloh va Manening gollari “Liverpul”ga “Manchester Siti” ustidan g‘alaba keltirdi


Bugun, 26-iyun sanasida Xalqaro chempionlar kubogi doirasida bir nechta uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Jumladan, Turinning “Yuventus” jamoasi Myunxenning “Bavariya”siga qarshi kurash olib borib, 2:o hisobida g‘alabaga erishdi. Turinliklarning har ikkala goli ham Favilli hisobiga yozildi.

Yana bir qiziqarli to‘qnashuvlardan biri esa Xosep Gvardiola boshchiligidagi “Manchester Siti” hamda Yurgen Klopp boshliq “Liverpul” o‘rtasida kechdi. Uchrashuvda hisob 57-daqiqada Leroy Sane tomonidan ochildi. Oradan 6 daqiqa o‘tib, Muhammad Saloh hisobni tenglashtirdi. 90-daqiqada esa Sadio Mane penaltidan gol kiritib, “Liverpul”ning g‘alabasini ta’minladi.

Xalqaro chempionlar kubogi

26-iyul, payshanba

Gollar: 1:0 – 32 Favilli, 2:0 – 40 Favilli.

“Yuventus”: Perin (Pinsolo, 71), Kellini (Kaldara, 54), Rugani (Bardzali, 54), Aleks Sandro, Joau Kanselu (Matsek, 71), Jan (Fadjoli, 44), Pyanich (Kastanos, 71), Bernardeski (Mateus Pereyra, 59), Markizio (Fernandes, 46), De Shilyo, Favilli (Beltrame, 54).

“Bavariya”: Ulrayx (Xofmann, 82), Martines (Alaba, 37), Stanishich (Richards, 46), Bernat (Mayer, 46), Johansson (Rafinya, 46), Riberi (Koman, 46), Silla (Chjon Vu Yen, 46), Gnabri (Robben, 46), Shabani (Sanshesh, 46), Vill (Sayzer, 46), Vagner (Vridt, 46).

Ogohlantirish: Kellini (16).

Gollar: 1:0 – 57 Sane, 1:1 – 63 Saloh, 1:2 – 90, penalti Mane.

“Manchester Siti”: Bravo (Hart, 46), Hamfris, Denayer (Gomes, 46), Erik Garsiya, Mahrez (Dele-Bashiru, 74), Zinchenko (Adarabioyo, 64), Foden, Harrison (Roberts, 64), Braim Dias (Bernardu Silva, 46), Bolton (Garre, 74), Nmecha (Sane, 46).

“Liverpul”: Karius (Kelleher, 46), Gomes (Klavan, 46), Robertson (Moreno, 62), Klayn (Gruyich, 62), van Deyk (Fillips, 66), Veynaldum (Vudbyorn, 46), Fabinyo (Rafael Kamashu, 62), Lallana (Mane, 46), Milner (Chirivelya, 66), Jons (Saloh, 62), Starrij (Solanke, 46).

Ogohlantirishlar: van Deyk (30), Gomes (85).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-07-2018, 10:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют