» » Korea Data Agency agentligi Toshkentdagi Inha universitetiga 500 ming dollarlik dasturiy ta’minotni taqdim etdi

Korea Data Agency agentligi Toshkentdagi Inha universitetiga 500 ming dollarlik dasturiy ta’minotni taqdim etdi


Janubiy Koreyaning Korea Data Agency (K-Data) agentligi Toshkent shahridagi Inha universitetiga ma’lumotlar bazasini monitoring qilish va tahlil qilish uchun qariyb 500 ming dollarlik dasturiy ta’minotni taqdim etdi. Bu haqda universitet saytida xabar berildi.

Bosh menejer Jun-xyun Li rahbarligidagi K-Data delegatsiyasi 2018-yilning 25-iyul kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT)ga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida K-Data agentligi IUT ma’muriyatiga Wise Intelligence va Exem tomonidan ishlab chiqarilgan ma’lumotlar bazasini monitoring qilish va tahlil qilish bo‘yicha bepul litsenziyalarni taqdim etdi.

Koreya kompaniyalarining dasturiy ta’minotlari ma’lumotlar sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash uchun foydalaniladi.

Janubiy Koreya delegatsiyasi tashrifi doirasida IUT ning birinchi prorektori Cho Vu Sug va K-Data agentligi Bosh menejeri Jun-xyun Li o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Hujjatga muvofiq, tomonlar ma’lumot sohasidagi talabalar va tadqiqotchilarning malakasi va ko‘nikmalarini birgalikda oshirishni mo‘ljallamoqda.

Shuningdek, IUT va K-Data agentligi ma’lumotlar sohasidagi qo‘shma tadqiqotlar va loyihalarni, shu jumladan ochiq ma’lumotlar, ma’lumotlarni tahlil qilish, ma’lumotlarni boshqarish, ma’lumotlar sifati va boshqalar kabi sohalarda amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

Hamkorlik sohalaridan biri axborot sohasidagi bilim, tajriba va axborot almashish uchun turli konferensiyalar, simpoziumlar, seminarlar va boshqa tadbirlarni tashkil etish bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-07-2018, 10:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют