» » “Bavariya” — “Arsenal”. Prevyu

“Bavariya” — “Arsenal”. Prevyu



Bu qiziq!

“Bavariya”: Noyer — Lam, Martines, Xummels, Alaba, Alonso, Alkantara, Vidal, Kosta, Robben, Levandovski.

“Arsenal”: Ospina — Belyerin, Kosyelni, Mustafi, Monreal, Elneni, Koklen, Oksleyd-Chemberlen, O‘zil, Sanches, Uelbek.

Bugungi uchrashuvda “Bavariya”ga Boateng, Riberi, Xabi Alonso kabi futbolchilar yordam bera olmasligi mumkin. Londonliklar safida esa katta ehtimol bilan Remzi, Kasorla kabi futbolchilar ishtirok etmaydi.

Chempionlar ligasida zafar quchish uchun birinchi navbatda harakter va omad kerak. Undan ham oldinroq mardlik darkor.

Biz iloji boricha gol o‘tkazmaslikka harakat qilamiz. To‘pni nazorat qilishni istaymiz. “Arsenal”da esa qarshi hujumda yaxshi harakat qiladigan tezkor futbolchilar bor.

Arsen Venger — tajribali mutaxassis. Uning o‘z uslubi bor va jamoasi a’lo darajada to‘p suradi. Vengerga nisbatan hurmatim cheksiz. Biz mayonda “Arsenal”ning ishini qiyinlashtirib tashlashimiz kerak.

Karlo Anchelotti, “Bavariya” bosh murabbiyi

Biz “Bavariya”ga qarshi so‘nggi o‘yinni unutib, ertangi bahsga tayyorlanishimiz kerak. Biz ular bilan har yili o‘ynaymiz va ularning qarshisida chempion bo‘lish vazifasi turadi.

Bizga omad kulib boqishi mumkin, javob o‘yinini o‘z uyimizda o‘tkazamiz. Biroq bu holat ertangi yomon o‘yinimizdan keyin yo‘qqa chiqib ketishi ham mumkin.

“Bavariya” ustunlikni o‘z qo‘liga olishga harakat qilishini kutyapman. Ular to‘pni nazorat qiladi va tezkor hujum qilishga urinadi. Darvozada David Ospina turadi. Uning aniq o‘yinlari sabab biz guruhni muvaffaqiyatli yakunlay oldik.

Arsen Venger, “Arsenal” bosh murabbiyi

Опубликовано: admin (15-02-2017, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют