» » Buyuk Britaniya AQShning “Qrim deklaratsiyasi”ni qo‘llab-quvvatladi

Buyuk Britaniya AQShning “Qrim deklaratsiyasi”ni qo‘llab-quvvatladi


Buyuk Britaniya hukumati AQShni Qrimning Rossiya tarkibiga kirishiga qarshilik ko‘rsatishda qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda Britaniya hukumati saytiga tayanib, “RBK” xabar bermoqda.

Bayonotda ta’kidlanishicha, London Rossiya tomonidan davom etayotgan xalqaro huquqlarning buzilishini qoralaydi. “Qrim — Ukraina hududi”, — deyiladi xabarda. Britaniya hukumati, shuningdek, Qrimda inson huquqlari buzilishi hamda yarim orolning Rossiya tarkibiga kirishiga qarshi ovoz bergan ozchilikning holatidan xavotirda.

Avvalroq AQSh Davlat departamenti rahbari Mayk Pompeo Vashington Qrimning Rossiyaga o‘tishini tan olmasligini ma’lum qilib, Moskvani yarim orolning “istilosi”ni bas qilishga chaqirdi. Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko AQShga ushbu qadam uchun minnatdorlik bildirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-07-2018, 10:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 101) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют