» » UzReport-TV va Futbol-TV UEFA Superkubogi, Italiya A Seriyasi va Millatlar Ligasi o‘yinlarini namoyish etadi

UzReport-TV va Futbol-TV UEFA Superkubogi, Italiya A Seriyasi va Millatlar Ligasi o‘yinlarini namoyish etadi


UzReport axborot agentligi (UzReport-TV va Futbol-TV) Italiya A Seriyasi va UEFA Millatlar ligasi, UEFA Superkubogi musobaqasining O‘zbekiston Respublikasi hududida translyatsiya qilish huquqini sotib oldi, deb agentlik rasmiy sayti xabar bermoqda.

Joriy yildagi Yevropa futbol mavsumining yakuniy bahsi 15-avgust kuni Estoniya poytaxti Tallin shahrida bo‘lib o‘tadi. O‘yin UzReport-TV va Futbol-TV telekanallarida jonli efirda uzatiladi. Bu yil sovrin uchun Madridning “Real” va “Atletiko” klublari kurashadi.

Italiya A Seriyasining 2018/19-yilgi mavsum uchrashuvlari 19-avgustdan boshlanadi va kelgusi yil 26-mayiga qadar davom etadi.

UEFA Millatlar Ligasi Yevropaning milliy terma jamoalari o‘rtasida o‘tkaziladigan yangi xalqaro turnir. Musobaqada 55 ta terma jamoa ishtirok etadi.

Yangi musobaqaning birinchi mavsumi 2018/19-yillarda bo‘lib o‘tadi. Guruh bosqichi 2018-yil sentabr-noyabr oylarida, final bosqichi esa 2019-yilning yozida o‘tkaziladi.

Ta’kidlash joiz, ushbu turnirda g‘olib chiqqan terma jamoalarga Yevro—2020 ga 4 ta yo‘llanma taqdim etiladi, shu bilan birga, an’anaviy saralash o‘yinlariga 20 ta to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanma ham beriladi.

Musobaqa formatiga ko‘ra, barcha 55 ta jamoa JCh—2018 yakunlari bo‘yicha reytingdagi o‘rniga qarab 4 ta liga bo‘yicha bo‘linadi (A, D, C va D). “A” ligada Yevropaning Top-12 ta terma jamoasi ishtirok etadi. Qolgan 12 ta terma jamoa “B” ligaga yo‘l olsa, “C” ligada 15 ta terma jamoa, “D” ligada esa 16 ta terma jamoa qatnashadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-07-2018, 11:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют