» » Poroshenko AQShga Qrim bo‘yicha deklaratsiya uchun minnatdorlik bildirdi

Poroshenko AQShga Qrim bo‘yicha deklaratsiya uchun minnatdorlik bildirdi


Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyatiga Davlat departamentining Qrim deklaratsiyasi — Vashington Qrimning Rossiya tomonidan egallab olinishini tan olmasligi haqidagi hujjati uchun minnatdorlik bildirdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

“Ukrainaning xalqaro tan olingan chagaralaridagi hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha murosasiz pozitsiyasi uchun Prezident Donald  Tramp ma’muriyatidan samimiy minnatdorman”, — deb yozdi Poroshenko Facebook’dagi sahifasida.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, “Qrimning Ukrainaga tegishliligi muhokama qilinmaydi — bu murosalar mavzusi emas, bunday bo‘lmagan va bo‘la olmaydi ham”.

Avvalroq AQSh Davlat departamenti rahbari Mayk Pompeo Vashington Qrimning Rossiyaga o‘tishini tan olmasligini ma’lum qilib, Moskvani yarim orolning “istilosi”ni bas qilishga chaqirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-07-2018, 11:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют