» » O‘zbekistonda 200 metrlik osmono‘par bino barpo etiladi

O‘zbekistonda 200 metrlik osmono‘par bino barpo etiladi


Tashkent City Xalqaro Ishbilarmonlik Markazi o‘zida milliy kolorit va zamonaviy innovatsion g‘oyalarni mujassamlashtirgan me’moriy majmuadir. Markaz qurilishi jarayonida energiyani tejovchi texnologiyalar va ekologik toza materiallardan foydalanilmoqda.

City – bu biznesni rivojlantirish, dam olish, iste’dodlarni rivojlantirish hududidir. Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, kelajakka intilayotgan Respublika poytaxti aynan shunday ko‘rinishda bo‘lishi kerak.

80 gektar maydonda mahalliy va xorijiy loyihachilar, muhandislar, me’morlar va dizaynerlar tomonidan o‘ylangan va loyihalashtirilgan yirik bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.

Murad Buildings kompaniyasi Tashkent City XIM ning maydoni 1.5 gektarlik 4-lot hududida 200 metrlik osmono‘par bino barpo etmoqda. Bu 45 qavatli binoda barcha qulayliklar muhayyo etilib, “A+” biznes markaz, besh yulduzli Ritz Carlton mehmonxona, premium-klassga ega bo‘lgan appartamentlar va jahonga mashhur bo‘lgan butiklar o‘rin oladi.

Eng baland qavatda joylashgan restorandan shahar manzaralarini kuzatish mumkin bo‘ladi. Quyi qavatlarda esa SPA salon, fitnes-klub, restoran, avtoturargoh va boshqa qulayliklar yaratiladi.

Shunisi e’tiborga molikki, 4-lot binosi O‘zbekistondagi eng baland turar joy binosi bo‘lishi kutilmoqda.

Baland va xavfsiz. O‘zbekistonning seysmik hududda joylashganini inobatga olib, binoning mustahkamligiga alohida e’tibor berilmoqda. Shuning uchun ham ushbu binoning qurilishiga chet eldan kuchli va tajribali mutaxassislar jalb etilgan, ular bilan shartnomalar tuzilib, ushbu loyiha ustida faol ish olib borilmoqda.

Yaponiyaning yetakchi loyihaviy tashkiloti bo‘lmish Nihon Sekkei kompaniyasi mamlakatda birinchi marotaba qurilayotgan osmono‘par bino konstruksiyasi ustida ishlamoqda.

Sohada katta tajribaga ega bo‘lgan Fransiyaning BUREAU VERITAS kompaniyasi esa qurilish, xarajatlar, muddatlar, sifat nazorati, ekologiya, xavfsizlik va mehnat qonunchiligiga amal qilinishi bilan shug‘ullanadi.

Binoning tashqi ko‘rinishi va dizayni bilan esa xalqaro arxitektura byurosi DP Architects shug‘ullanmoqda. Byuroning dunyo bo‘ylab 17 ofisi mavjud bo‘lib, 77 mamlakatda ular yuzdan ortiq binolar barpo etishgan. Barcha chet ellik hamkorlar o‘z sohalarida yetakchi hisoblanib, dunyoga tanilgan kompaniyalardir.

Ushbu loyihani tayyorlash jarayoni (loyihalashtirish, injiniring, dizayn va hokazo) qurilish jarayonidan ham ko‘p vaqtni talab qiladi.

Hozirda joylarda geologik va loyihalashtirish ishlari olib borilmoqda, barcha jihatlar o‘rganilmoqda, xavfsizlik choralariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Qurilish ishlari shu yilning noyabr oyida boshlanishi kutilmoqda.

Ushbu loyihaning hajmi va uning innovatsionligini inobatga oladigan bo‘lsak, loyiha o‘ziga xos va yagona bo‘ladi. Mehmonxona 24 soat ishlaydi va shahar imidjiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Reklama huquqi asosida



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-07-2018, 15:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют