» » Jizzax xalqaro investitsion forumga mezbonlik qiladi

Jizzax xalqaro investitsion forumga mezbonlik qiladi


Investitsiyalar qo‘mitasi, Jizzax viloyati hokimligi, Tashqi ishlar vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasi 29—30-avgust kunlari kuni Jizzax xalqaro investitsion forumini o‘tkazadi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.

Investitsion forum ilk bor “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasi hududida bo‘lib o‘tadi. Ikki kunlik forum doirasida quyidagi tadbirlar rejalashtirilgan:

Biznes forum;

Jizzax viloyatida ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko‘rgazmasi;

V2V ko‘rinishidagi kooperatsion birja;

Viloyat sanoat korxonalariga ekskursiya;

Viloyat rahbariyati tomonidan rasmiy qabul va konsert dasturi;

Jizzax viloyatining turistik salohiyati bilan tanishish.

Ushbu forumni o‘tkazishdan maqsad xalqaro ishbilarmonlik doiralari vakillarini Jizzax viloyatining iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish darajasi bilan tanishtirish, tadbirkorlik sub’ektlari va investorlar uchun qulay sharoitlar yaratishdan iborat.

Jizzax investitsion forumiga O‘zbekistonning taaluqli vazirlik va muassasalari vakillari, xorijiy sarmoyadorlar, diplomatik korpus, xalqaro moliya tashkilotlar, xorijiy va mahalliy OAV vakillari taklif qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-07-2018, 16:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют