» » Putin Trampga sovg‘a qilgan koptokda chip borligi aniqlandi

Putin Trampga sovg‘a qilgan koptokda chip borligi aniqlandi


Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan AQSh prezidenti Donald Trampga Xelsinkida sovg‘a qilingan futbol bo‘yicha Jahon chempionatining koptogida chip borligi aniqlandi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Qayd etilishicha, koptokka o‘rnatilgan chip taxminan o‘n santimetr masofada ma’lumotlar almashinuvi imkoniyatini beradi. Chip Adidas’ning reklama maqsadlarida qo‘llaniladi. NFC mikrosxemasi koptok ishlab chiqarilayotganida uning ichiga joylashtiriladi.

Mikrosxema logotip ostiga joylashtirilgan. Shu tariqa futbol ishqibozlari mobil qurilmani koptokka yaqinlashtirib, futbolchilar va musobaqalarning videosiga kirish imkoniga ega bo‘ladi.

Adidas Rossiya tomoni qurilmani buzib kirishi mumkinligi haqida hech narsa demagan. Shuningdek, ushbu chipda xavfsizlikka tahdid bor-yo‘qligi ham noma’lumligicha qolmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-07-2018, 18:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 48) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют