» » Qashqadaryo viloyatida MIB xodimiga pora berayotgan fuqaro qo‘lga olindi

Qashqadaryo viloyatida MIB xodimiga pora berayotgan fuqaro qo‘lga olindi


Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish orasida tegishli choralar ko‘rib borilmoqda, deb xabar beradi Bosh prokuratura axborot xizmati.

Jumladan, 18-iyun kuni Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahri “Sinabog‘” MFY Sinabog‘ ko‘chasida yashovchi fuqaro R.A. nisbatan yashash uyi va o‘ziga tegishli savdo do‘konida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelganligi uchun dalolatnoma rasmiylashtirilganligini, ushbu dalolatnoma bo‘yicha Shahrisabz shahar elektr ta’minoti korxonasi foydasiga jami 5 million 917 ming so‘mlik zarar va jarima hisoblanadi.

R.A ushbu zarar va jarimani yo‘qotish evaziga 1 million so‘mni B.Eshonqulovga pora tariqasida berishni niyat qiladi.

Buni o‘z vaqtida sezgan byuroning Shahrisabz shahar bo‘limi sho‘ba bosh muhandisi B.Eshonqulov, R.Aning bu qilmishining oldini olish bo‘yicha bildirgi taqdim etadi.

Natijada, o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida R.A B. Eshonqulovning xizmat xonasida unga pora tariqasida 1 million so‘mni bergan vaqtida ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-07-2018, 18:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют