» » Xalq deputatlari Boyovut va Quyi Chirchiq tuman kengashlari sessiyalarida hududlardagi holat tanqidiy ko‘rib chiqildi

Xalq deputatlari Boyovut va Quyi Chirchiq tuman kengashlari sessiyalarida hududlardagi holat tanqidiy ko‘rib chiqildi


Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida Oliy Majlis Senati a’zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari 10 kun davomida 422 ta xonadonda bo‘lib, aholi turmush tarzi, yashash sharoiti bilan tanishdi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar bermoqda.

Muloqotlar davomida aniqlangan 235 ta masalaning 33 tasi joyida hal etildi, 201 tasi yuzasidan tegishli idora hamda tashkilotlarga tavsiyalar berildi. Ijro hokimiyati, prokuratura, ichki ishlar va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar, turli soha va obyektlar faoliyati o‘rganilib, ularning samaradorligi tahlil qilindi. Ochiq muloqot tarzida tashkil etilgan xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashining sessiyasida ushbu o‘rganish natijalari tanqidiy ruhda atroflicha ko‘rib chiqildi. 

Tumandagi 47 ta fuqarolar yig‘ini faoliyati, ularning huquq hamda vakolatlarini to‘liq va samarali amalga oshirish hamda moddiy-texnika ahvoli yuzasidan olib borilgan o‘rganishlar ayrim fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari joylashgan binolar talab darajasida emasligini ko‘rsatdi. 

Shuningdek, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish, ta’lim muassasalari hamda kasb-hunar kollejlarida aniqlangan kamchiliklar deputatlar e’tiboriga havola etildi. Tibbiyot maskanlari, xususan, qishloq vrachlik punktlari dori vositalari, tibbiyot asbob-uskunalari bilan yetarlicha ta’minlanmagani, shifokorlar yetishmasligi bilan bog‘liq qator masalalar o‘z yechimini kutayotganligi aytib o‘tildi.

Aholi va yuridik shaxslarning ko‘proq e’tiroziga sabab bo‘layotgan ichimlik suvi, elektr energiyasi, gaz ta’minotidagi uzilishlar hamda obodonlashtirish, sanitariya-gigiyena, uy-joy, kommunal xizmati ko‘rsatish sohasidagi kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ham aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqish lozimligiga urg‘u berildi.

Xalq deputatlari Quyi Chirchiq tumani Kengashi sessiyasida Toshkent viloyatidan saylangan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Senat a’zolari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar, nodavlat tashkilotlar vakillari va tadbirkorlar qatnashdi. 

Tumanda parlament vakillaridan iborat ishchi guruhi xonadonlarda bo‘lib, aholi bilan bevosita uchrashuvlar o‘tkazdi va tegishli sohalardagi ahvolni o‘rgandi. Chunonchi, 193 ta xonadonga tashrif buyurib, aholining 141 muammosi aniqlandi. Aholi tomonidan ko‘tarilgan muammolar chuqur tahlil qilinib, ularning 9 tasi joyida hal etildi, 125 ta masala bo‘yicha tegishli idoralarga tavsiyalar berildi, 7 ta masala respublika darajasida hal etilishi lozimligi sababli tegishli takliflar ishlab chiqildi. 

Sessiyada tumandagi savdo do‘konlari, maishiy xizmat ko‘rsatish va umumiy ovqatlanish korxonalari, dorixonalar faoliyatidagi kamchiliklar haqida so‘z bordi. O‘rganilgan kasb-hunar kollejlarining deyarli barchasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, o‘quv materiallari, kompyuterlar, ayrim darslik va adabiyotlar yetishmaydi. Transport xizmatining lozim darajada yo‘lga qo‘yilmaganligi kollej va maktab o‘quvchilari uchun qiyinchiliklar tug‘dirmoqda. Tumandagi 13 ta maktab ta’mirtalab ahvolda. 

Sessiyada aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy yordam darajasi va sifatini oshirish, tibbiyot muassasalarini dori vositalari bilan ta’minlashda kamchiliklar borligi qayd etildi. Jumladan, tez tibbiy yordam brigadalari aloqa vositalari bilan ta’minlanmagan. Qishloq vrachlik punktlari jihozlari eskirgan. Tumandagi yo‘l infratuzilmasining ahvoli, shuningdek, aholining madaniy hordiq chiqarishi uchun yetarli sharoit yaratilmagani tanqid qilindi. 

Bo‘lib o‘tgan sessiyalarda tegishli idoralar hamda tashkilotlar rahbarlari hisobotlari eshitildi. Muhokama etilgan masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi. Ularda Oliy Majlis Senati Raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev ishtirok etdi va so‘zga chiqdi. 

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (15-02-2017, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют