» » Rossiyaning Lipetsk viloyatida ayol hasaddan dugonasi va uning bolasini o‘ldirdi

Rossiyaning Lipetsk viloyatida ayol hasaddan dugonasi va uning bolasini o‘ldirdi


Rossiyaning Lipetsk viloyati sudi Gryazi shahrida yashovchi 22 yoshli ayolni 18,5 yilga umumiy tartibdagi koloniyada ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 2017-yilning 28-oktabr kuni kechqurun shahardagi kvartiralardan birida 21 yoshli ayol va uning uch yoshli qizi pichoq bilan berilgan ko‘p sonli jarohatlardan vafot etgan holda topilgan. Aniqlanishicha, qotillik yuz bergan kuni vafot etgan ayolning eri ishda bo‘lgan. Bir kun avval yosh oilanikiga ayolning dugonasi mehmon bo‘lib kelgan va tunni shu xonadonda o‘tkazgan. Qotillikdan so‘ng u hujjatlar va noutbukni olib, g‘oyib bo‘lgan.

Gumonlanuvchi qo‘lga olingan. U o‘z aybiga to‘liq iqror bo‘lgan. Ayol o‘z harakatlarini maktabdagi dugonasiga nisbatan to‘satdan paydo bo‘lgan ko‘ra olmaslik va hasad tufayli amalga oshirgani bilan izohlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-07-2018, 06:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют