» » Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf qalamiga mansub “Iymon” kitobining ikkinchi nashri chop etildi

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf qalamiga mansub “Iymon” kitobining ikkinchi nashri chop etildi


Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf qalamiga mansub “Iymon” deb nomlangan kitobning ikkinchi nashri (qayta nashr) chop etildi. Bu haqda “HILOL NASHR” nashriyot-matbaasi ma’lum qildi.

Ushbu kitob 1991-yilda birinchi nashrdan chiqqan, islomning tamal toshi— iymon javhariga bag‘ishlangan bu asar kitobxonlar tomonidan qizg‘in kutib olingan, tezda qo‘lma-qo‘l bo‘lib o‘qilgan edi. Iymon masalasi din asosi bo‘lgani tufayli, unga oid masalalarga bag‘ishlangan mazkur kitobga bo‘lgan talab va ehtiyojlardan kelib chiqqan holda, asarning ikkinchi, to‘ldirilgan nashrini chop etishga qaror qilindi.

Yangi nashrda bir qancha maqolalarga qo‘shimchalar kiritildi. Shuningdek “Sunnat”, “Sunnat va ilmiy mo‘’jizalar”, “Shariat”, “Islom terrorga qarshi”, “Islom giyohvandlikka qarshi”, “Islom va tabiatni muhofaza qilish”, “Islom mo‘’tadillik dini”, “Islomda inson huquqlari”, “Islom va boshqa din vakillari”, “Islomda ayollar huquqlari”, “Ayollar va tenghuquqlilik” kabi bir necha yangi maqolalar qo‘shildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-07-2018, 08:27)
+1 (голосов: 3)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют